Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 18-11-2023, 10:39

Qadrli ustozlar, aziz hamkasblar!

Qadrli ustozlar, aziz hamkasblar!

 Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Albatta, muqaddas bayrog‘imiz yurtimiz mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Uning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan ta’limga doir turli olimpiada, fan va sport tadbirlaridagi mag‘rur hilpirashini ko‘rganimizda ko‘ksimiz yuksak

faxrga to‘ladi. Shu Vatan, shu xalq vakili ekanligimizdan cheksiz iftixor tuyamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, shu elga daxldorlik hissini tuygan hamyurtimiz borki, bayrog‘imizning qadri va sharafini doimo baland tutadi. Har qadami va harakatida ushbu aziz tushunchalarga munosib bo‘lishga urinadi.
Shu ma’noda yoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘ularini boyitish, milliy mentalitetimizni asrab-avaylashda Davlatimiz bayrog‘ining o‘rni va ahamiyati kattadir.
Yana bir bor barchangizni bugungi kun bilan samimiy qutlayman.
Yurtimiz bayrog‘i doimo yuksaklarda mag‘rur hilpirayversin!

Hilola Umarova ,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili