Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 27-03-2023, 21:05

KITOBIM-OFTOBIM

O`zbekiston Respublikasini rivojllantirishning beshta ustuvor yunalishi bo`yicha harakatlar strategiyasini

 

’’Yoshlarni qo`llab quvvatlash va aholini salomatligini mustahkamlash yili’’da amalga oshirishga oid chora tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida

 

Xonqa tuman tuman XTB ga qarashli 5-umumta`lim maktab kutubxonasida

 

KITOBIM-OFTOBIM

 

tadbirining senariysi va bayonnomasi

 

 O`zbekiston Respublikasini rivojllantirishning beshta ustuvor yunalishi bo`yicha harakatlar strategiyasini 

 

’’Yoshlarni qo`llab quvvatlash va aholini salomatligini mustahkamlash yili’’da amalga oshirishga oid chora tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida 

 

Xonqa  tuman XTBga qarashli 5-umumta`lim maktab kutubxonasida  

 

KITOBIM-OFTOBIM

 

Tadbir senariyasi

Tadbir o`tkaziladigan joy shar va gullar bilan bezatilgan.Sahna  markazida sh`eriy va badiiy hamda ertak kitoblar bilan kitob ko`rgazmasi tashkil qilingan.

 

Ustoz:Assalomu alaykum qadrli oqituvchilar hamda bilimga chanqoq bolajonlar va hurmatli mehmonlar,  oquvchilarimiz tayyorlagan KITOBIM OFTOBIM deb nomlangan tadbirimizga  xush kelibsiz.

1-boshlovchi: Kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emasKitob dillarni uyg`otibmunavvar qilish bilan birga hayotmavjudot sirlaridan voqif etuvchi beboho xazina.U ko`ngillarga ezgulik urug`ini sepibyashashdan saboq beradiQiyinchiliklarni yenga olishga,yaxshi-lik bilan yomonlikni ajrata bilishni o`rgatadi.

2-boshlovchiKitob zehnlarni peshlab,bilim-lar koniga eshik ochadi,ma`naviyatni boyitadi Insonning jamiyatdagi mavqeyiqadr-u qimmat bilimda,ilmlar koniga egallashdadirBuyuk mutafakkirlarning hayoti tajribasi shunga guvohlik beradi 

O`quvchi:-Bizning mamlakatimiz buyuk alloma,sarkarda,shoir va mutafakkirlar Vatanidir.

O`quvchi:-Biz Vatanimiz nomini dunyoga tanitgan Abu Rayhon Berunuy, Amir Temur, Alisher Navoiy,Mirza Ulug`bek va boshqa ko`plab buyuk ajdodlarning avlodlarimiz.

1-boshlovchi:-Endi o`quvchilar buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlari va so`zlari haqida aytishadi.

O`quvchi: Buyuk ajdodlarimiz muntazam ravishda o`z bilimlarini oshirib borganlar.

Ko`plab kitoblar mutolaa qilganlar.

O`quvchi:-Abu Ali ibn Sino 10 yoshigacha matematika,mantiq,geometiriyaga oid bilimlarni o`rgangan.

O`quvchi:-Ilm-hunar o`rganish uchun yoshlik davri eng qulay hisoblanadi.Yoshlikda o`rganilgan ilm toshga o`yilgan naqshdir.

O`quvchi:-Ilmli odamni hamma hurmat qiladi.Dunyoning go`zalligi ilm tufaylidir .

o`quvchi;-Ilm hunar o`rgangan kishi hech qachon xor bo`lmaydi.Yaxshi o`qigan odam

bir kun kelib o`z orzusiga erishadi.

O`quvchi;-Kitob barcha bunyodkorlik,yaratuvchanlik va aql-idrokning,ilm-u donishning asosi.Hayotni o`rgatuvchi murabiydir.[Amir Temur]

O`quvchi;-Kitobdan yaxshiroq do`st yo`q jahonda,Hamrohing bo`lur u g`amgin zamonda.[Abduraxmon Jomiy]

O`quvchi;-Ilm yoqimli atirgul hidiga o`xshaydi,uni yashirib bo`lmaydi.[Yusuf Xos Hojib.]

2-boshlovchi:-Endi o`quvchilarimizning kitob haqida sh`erlariga beramiz.

O`quvchi:-                                       KITOB 

Men kitobman-kitobman,

Nurga to`la oftobman.

Agar meni yirtsalar,

Biling,shunda-betobman.

***

A`lochiga ko`p zorman,

Beodobga ko`p xorman.

O`qimoqchi bo`lsalar,

Bilimlarga bisyorman.

(A.Turdiyev)

O`quvchi:-                    Kitobim, jon kitobim.

Nur,ziyoga kon o`zing,

Do`st-u qadrdon o`zing,

Ma`no to`la har so`zing,

Kitobim,jon kitobim.

***

O`quvchi:-                         Zavq-shavqqato`lar dilim,

Olaman sendan bilim,

Bulbulday sayrar tilim,

Kitobim ,jon kitobim.

 

 

O`quvchi:-                 Qo`limdan hech qo`ymayman,

O`qib-o`qib to`ymayman,

Kelajakka bo`ylayman,

Kitobim ,jon kitobim.

1-boshlovchi:Kitob qadim-qadimdan e`zozlangan.Ota-bobolarimiz kitobni qo`liga olganda, uni upib ko`zlariga surtganlar.

2-boshlovchi:-Bu, Bizga bilim berasan,seni ko`z qorachig`idek asraymiz,-degani.Uning varag`ini yirtish, iflos joylarga qo`yish gunoh sanalgan.Kitobni muqaddas deb bilganlar.

1-boshlovchi:-Kitob-oftob,kitob kirmagan xonadonga jaholat qadam qo`yadi,in qo`radi.

2-boshlovchi:-O`quvchilarimiz tayyorlagan sahna ko`rinishiga beramiz.

Ishga ketayotgan otaga o`g`il dedi;

Dadajon ishdan qaytayotganingizda menga sovg`a olib keling.

Dada ;-Xo`b bo`ladi bolajonim.dedi.

1-boshlovchi;-Ishdan qaytgan ota o`g`liga o`zi yuradigan matorli mashina olib keldi.Uni ko`rgan o`g`il juda ham xursand bo`lib dedi.

-Dadajon sovg`a uchun sizga ko`p rahmat,dada endigi safar menga texnika haqida kitoblar olib kelsangiz men ularni o`qib o`rganib sizga xuddi shunday mashina yasab beraman,siz esa uni o`g`lim yaratgan mashina deb g`urur bilan minasiz.

1-boshlovchi;-Ota o`g`lining so`zlaridan ham uyaldi ham faxrlandi, kitobga bo`lgan munosabati yanayam oshdi,endigi safar o`g`liga turli xil kitoblar sovg`a qilishni maqsad qildi.

O`quvchi;-                                Gullar quchib yurganlar, 

                                                   Gul saroylar qurganlar,

                                                  ,Ne beray?``deb turganlar,

                                                  Bolaga kitob bering.

O`quvchi;-

                                                   Mitti qush u sayron u, 

                                                   Sizga qarab hayron u,

                                                   Kichik Abu Rayxon-u,

                                                    Bolaga kitob bering.

O`quvchi;

                                                     Buxoriy anvarim-u,

                                                    Termiziy sarvarim-u,

                                                     Mahmud Zamaxsharim-u,

                                                     Bolaga kitob bering.

2-boshlovchi;-Ilm-hunar o`rganish uchun yoshlik davri eng qulay hisoblanadi.Yoshlikda o`rganilgan ilm toshga o`yilgan naqshdir.Ilmli odamni hamma hurmat qiladi.

Ustoz ;-Bolalik,yoshlik oltin davr bo`lsa,uning har kuni,har soatini g`animat sezib,bilim boyliklarini qancha ko`p g`amlasangiz,shuncha kelajak turmushda o`zingizga ham,o`zgalarga ham asqotadi.

1-boshlovchi;-Abu Ali ibn Sinoning asl ismi Husayn bo`lib,Buxoraning Afsona qishlog`ida to`g`ilgan.

O`quvchi;-Husayn 17 yoshga to`lganida Buxora amiri betob bo`lib qoladi.Husayn uning kasalini davolagach,amir yosh tabibdan ,,Nima tilaysan?``deb so`raydi.

O`quvchi;-Yosh Husayn amirning kutubxonasida bebaho bilimlar xazinasi-noyob kitob va qo`lyozmalar ko`p ekanligini yaxshi bilar edi.

O`quvchi;-Shuning uchun u ikkilanib o`tirmay kutbxonadan foydalanishga ro`xsat so`raydi.

O`quvchi;-Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino shogirdlariga yozib qoldirgan o`gitlarida18yoshgacha olgan bilimi butun umriga yetganini aytib o`tgan.

2-boshlovchi;-Odobli,bilimdon va aqlli, mehnatsevar,imon-e`tiqodli farzand nafaqat ota-onaning,balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.

1-boshlovchi;-Endi o`quvchilarimiz kitob haqida maqol va tez aytishlarga beramiz.

O`quvchi;-Sevgan do`sti-kitob-oftob,

                 Qoidasi axloq-odob

O`quvchi;-Kitob bilim beradi,

                 Bilim baxt keltiradi.

O`quvchi;-Kitoblar kitobxonlarga kerak,

                 Kitobxonlar kitoblarga kerak.

O`quvchi;- Inson-aqli bilan,

                  Dono –naqli bilan.

O`quvchi;-Kitob-bilim bulog`i.

O`quvchi;-Bilimdan ortiq boylik yo`q.

O`quvchi;-Tinmay o`qisang agar, 

                  Ko`p narsani o`rgatar.

                  Bilsang,uka,o`ylab top,

                  Bilim koni u-kitob.

Ustoz;-Hurmatli o`quvchilar siz maktabingizdagi kutubxonaga a`z obo`lganmisiz.

O`quvchilar;[baravariga]Ha.

Ustoz;-Siz kutubxonada qanday kitoblardan foydalanayabsiz.

O`quvchi;-men ertak kitoblar o`qiyabman.

O`quvchi;-men sh`er kitoblar o`qiyabman.

O`quvchi;-hayvonot haqida kitoblar o`qiyabman.

O`quvchi;-men lug`at kitoblar o`qiyabman.

O`quvchi;-texnika haqida kitoblar o`qiyabman.

Ustoz;-Siz o`qigan kitoblaringizdan nimqalarni o`rgandingiz.

O`quvchi;-Vatanga- oilaga mehrni o`rgandim.

O`quvchi;-Buyuk ajdodlarimiz haqida bildim.

O`quvchi;-Ko`p kitob o`qigan odam xor bo`lmasligini bildim.

O`quvchi;-Bizning yurtimiz buyuk alloma,sarkarda,shoir va mutafakkirlar vatani ekanin bildim.

O`quvchi;-Kitob inson hayotida o`rni katta ekanin bildim.

Ustoz;-Qadrli o`quvchilar,mana bugungi tadbirimizdan ham ko`rinib to`ribdiki,insonning eng yaqin do`sti kitobdir.Kitob bilan oshno bo`lgan insonning o`zi ham,so`zi ham,maqsadi ham ezgulikka qaratiladi.Tadbirimizdan maqsad ham siz yoshlarni kitobni sevishga,yanada ko`proq kitob mutola qilishingiz uchun tayyorlandi.E`tiboringiz uchun raxmat.Sizlarni keyingi KITOBXONLIK   bayramlarida ko`tib qolamz.

 

Tuzuvchi: Xonqa tuman   tuman XTB ga qarashli 5-umumta’lim maktab kutubxona mudiri 

Manba: 2-sinf O’qish ,Ona tili kitoblari.

 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili