Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog
  • Yangiliklar
  • 27-03-2023, 20:54

Navro`z-bahor bayrami.

Navro`z-bahor   bayrami.

(tadbir senariysi)

 

Maqsad:   O`quvchilarga  tabiatdagi   o`zgarishlar,  bahor  fasli,   Navro`z  bayrami,  milliy      udumlar,  urf- odatlar   haqida  ma`lumot  berish.   Ona  tabiat  go`zalliklaridan  zavqla-nishga,   xalq   og`zaki  ijodi  namunalarini   sevib  o`rganishga  undash.   Vatanparvarlik  tuyg`ularini  rivojlantirish.

Sinf  bayramona   bezatilgan.  “Navro`z”  bayramiga   bag`ishlab  devoriy  gazeta   chiqarilgan.  Tarbiyaviy  soatni   o`qituvchi  ochib  beradi.

1-boshlovch:  Assalom  davramizning   siz  aziz  mehmonlari.

Assalom  ilmu-fanning   sohibu  davronlari.

Mehribon  buvujonu ,   onajonlar  assalom,

Yuzlarida  kulgu   balqqan  qizlarjonlar assalom.

2- boshlovci:    Xush  kelibsan  go`zal   bahor

Chin  ko`ngildan   assalom

Xush  kelibsan   yana  bir  bor

Sengadir  shirin   kalom.

1-boshlovchi: Mana   o`lkamizga  zarg`aldoqlardan  gulchambarlar   taqib,  xushro`y

Navro`zi  olam   kelmoqda!

2-boshlovchi:   Navro`z-bu  yangi  kun   demakdir azal

Eski  kundan   shaksiz  yangi  kun   afzal.

Shu  kun   kuy  kuylaymiz,  o`qiymiz   g`azal.

U   kelar  yangicha  rizqu –ro`z   bilan

Assalom  yoronlar,gul   Navro`z  bilan.

O`quvchi:   Chakkasiga   gul  taqib

Kirib  keldi   Navro`zim

Daraxtlarga  dur   taqib

Kulib  keldi   Navro`zim.

Dala dashtda  maysalar

Salom  alik   aytsalar.

Qanday  go`zal   ko`rinish,

Yashillikka  cho`milish.

Doshqozonda  sumalak

Boychechaklar  xush   darak.

Qizg`aldoq  cho`g`day   gilam.

Sevinchdan  ko`zlarda   nam.

Bolalar  yayrashadi,

Qo`shiqlar  yangrashadi.

Momolarning  dunyosi

Ijobatdir  duosi.

Bobolar  halim   solar

Latifa  aytib   tolat

Ichakuzdi  hazillar

Qiziydi  sho`x   bazmlar

Elga  rizq- ro`z   ulashib

Tandir  nonin   ushatib.

Yayrab  keldi   Navro`zim

Yashnab  keldi   Navro`zim.

1-boshlovchi:   Bahor!  Ona  zamin   borliqni  barcha  jonzotlarni,   muborakbod  etmoqda.  Uning   farzandi  bo`lmish  mo`tabar   inson  ham  ko`hna   Ona  yerni  hamisha   sevib  ar-doqlaydi.Odamlarga rizq nasiba olib kelgan bunyodkor  bahor! Sening  yaratuvchi   qudra-tingga  hech bir kuch bas kelolmaydi.

2-boshlovchi: Yil  o`tib   zamin  uzra  zarrin   yellar esib  yeru- ko`kka  jon   bag`ishlab  Navro`z  keldi.   Ushbu  ulug`  bayraming   har  gakgi  tashrifi   bir-biridan  quvvatli,  bahor   qushlari,  gullari  kabi   yangi  va  xilma –xildir.

O`quvchi:     Azizlar,   aytinglarchi,  ushbu  go`zal   bayram  qachondan  boshlab nishinlanmoqda?

O`quvchi:     Kelinglar,   hozir  Navro`z  tarixi   bilan tanishaylik.

Tarixing  tavsifing   tillarda  doston.

Quyosh  charaqlaydi,   moviydir  osmon.

Hofiz  qo`shiq   aytar,  raqs  tushar   jonon.

Sevinch  bag`ishlaysan   keksayu  yoshga

Navro`zjon  bu   galgi  kelishing  boshqa.

Bir   yon   katta  kurash,  bir   yon  ko`pkari.

Askiya ,  aytishuv,   o`lanlar  bari.

Yangalarning  aytgan   avjli  yor-yori.

Sevinch  bag`ishlaysan   keksayu-  yoshga

Navro`zjon  bu   galgi  kelishing  bashqa.

Shoirlarning  aytar   so`zi  bo`lib  kel.

Yaylovlarda  qo`y-u qo`zi   bo`lib  kel.

Mayli  dilbarlarning   o`zi  bo`lib  kel.

Sevinch  bag`ishlaysan   keksayu-  yoshga.

Navro`zjon  bu   galgi  kelishing  boshqa.

O`quvchi:    Inson  to   nafas  olarkan  u   kuy  qo`shiqsiz,  sayroqi   qushlarsiz, dala –bog`lar-siz,   qirmizi  lilalarsiz  yashay   olmaydi.
Qizlar:   “   Bahor   valsi “   raqsini  ijro   etadilar.

Navro`z  tarixi.   “Navro`z”  fors  tojikcha   so`z  bo`lib  “ Yangi   kun”  degan  ma`noni   anglatadi.  O`rta  Osiyo   va  Yaqin  shrq   xalqlarining  qadimiy  an`anaviy     yangi    yil  bayrami   hisoblanadi. Navro`z  juda  qadimdan,   Islom  dini  qabul   qilinmasdan  30  asr   ilgari  Ahomaniylar  davridan   nishonlana  boshlagan.  Navro`z   bahorgi  tun  va   kunning  tengligiga,  ya`ni   21-22  martga  to`gri   keladi.

O`quvchi:    Yomg`ir   savalar  mayin.

Maysa  yashnar   kun  sayin

Men  ham   endi  o`ynayin

O`rtoqjonim  bu   Navro`z.

Marjon  taqdi   majnuntol

Arilar  keltirar   bol.

Lola  peshvoz  qaddi   dol.

O`rtoqjonom  bu   Navro`z.

Qaynar  shirin   sumalak.

Tovlanar  yoy   kamalak

Gulga  qo`nmish   kapalak.

O`rtoqjonim  bu   Navro`z.

Olam  gul   ichra  yashnar

Ming  bir   tovusga  o`xhsar.

Yashil poyondoz to`shar, bu Navro`z.

1-boshlovchi:   Navro`z-bu haqiqiy xalq bayrami.Navro`zda odamlar hovli-joylarni tozalaydilar, gullar ekadilar.
2-boshlovchi: Har bir xonadonda ko`k somsa, ko`k chuchvara, qatlama pishiriladi. Navro`z ayyomining o`ziga xos go`zal urf-odatlari asrlar osha bizlargacha yetib kelgan. Ularning ayrimlari bilan  hozir tanishamiz.

1-qiz: Hayotingiz shirin bo`lsin, Muqaddasxon!

2-qiz: Sizniki ham shirin bo`lsin, Lazizaxon!

1-qiz: Har doim gulday ochilib yuring Dinoraxon!

2-qiz: Siz ham, Dilnozaxon!

Bu yil suvga serob bo`lsin. Hosilimiz mo`l bo`lsin. Elda tinchlik bo`lsin.

 
 
 
1-bola:Tongda bulbul taratdi,

Bir yoqimli hush navo.

Nazarimda bahorni

Olib keldi u go`yo.

Bulbuljon bahor qushi,

Bulbuljon Bahor o`zi.

Bulbul: Bulbul derlar otimni

Surishtirmang zotimni.

Mittigina qushchaman

Og`aynim bog`-u chaman.

1-bola: O`zing kichkina,

Ovozing yaxshi.

Qani bulbulcham

Bir sayrab berchi.

Bulbul: Mayli o`rtoqjon

Mayli sayrayman.

Ko`m-ko`k bog`ingda

Uchib yayrayman.

“Bulbulcham” qo`shig`i

1-boshlovchi: Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.

Hamma bir-biriga jigar so`z ekan.

Olam ham barobar kecha-kunduz ekan.

Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.

2- boshlovchi: Assalom, tong kabi otgan Navro`zim!

Assalom, yuzlari yorug` Navro`zim!

Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz mehmonlar.

Yangi yilingiz muborak bo`lsin, hey bolajonlar!

Boychechak chiqibdi, bugun Navro`z ekan.

Bahoroy  dugonalari   bilan  kirib  keladi.

Hay-hay  o`lan   jon  o`lan

Navro`z  keldi   yor-yor

Navro`zoyni  kutgani.

Xalqim  chiqdi   or –yor.

Bahoroy:  Assalomu-alaykum  aziz   mehmonlar!

Men  bahorman,   gullarim  bilan  ,

Iliq  quyosh   nurlarim  bilan

Qo`shiq  aytib   sho`x  irmoqlarim,

Yelday  o`ynab,   ko`k  yaproqlarim.

Mahmon  bo`lib   keldim  bolalar.

Olib  keldim   gulu  lolalar.

Men  Bahorman,, go`zal  Bahorman,

Sizga  sevinch   bilan  boqarman.

Men  huzuringizga   yolg`iz  kelganiz  yo`q.   Bu  dugonam  Maysaxon,   bu  dugonam  Suvsuluv,    bu  dugonam   Guljon,   bu  dugonan  Oftoboy.   Men  ularsiz  go`zal   “Bahor”  bo`la  olmayman.    Hozir  dugonalarim sizlarga   topishmoqlar   aytadilar,  qani  tipinglar-chi.

Suvsuluv:   Tosh-u  qumlarni  surib,

Tog’ dan  kelar  yugurib.

Maysaxon:   Bahorda  o`sib  chiqdi.

Yam-yashil  bo`lib   chiqdi.

Oftoboy:    Nur   sochar,o``tli  yashar.  
                    Boqay  desang   ko`z  qamashar.

Guljon:     O`zi   qizil,  go`zal  biram.

Qirga  yozar   go`zal  gilam.

Bahoroy:   Balli   bolajonlar,  to`g`ri  topdingizlar.
1-boshlovchi:   Rahmat  Bahoroy,  davramuzga   chiroy  qo`shdingizlar.  Biz   bilan  birga  bo`ling.

Otalari  chiroyli   yurtim,

Onalari  chiroyli   Yurtim.

Jannatmakon  deydilar   ajab.

Bog`-rog`lari  chiroyli   yurtim.                                                                                                      2-boshlovchi:   Yigitlari  chiroyli   yurtim.

Gul  qizlari   chiroyli  yurtim.

Aslo senga  ko`zlar   tegmasin.

Bayramlari  chiroyli   yurtim.

1-bola:  Azal –azal  Navro`zjon

Bayramlarning  zo`rida.

Nuroniy  chol-   kampirlar

Turar  davra   to`rida.

Keling  Navro`z   sayliga,

Siz  ham   keeling  mayliga.

2-bola:     Navro`z   nishonasi  bu.

Bobodehqon  ish   boshlar.

Ezgu  niyat   bilan  u.

Yeriga  urug`   tashlar.

Keling  Navro`z   sayliga,

Siz  ham  keling  mayliga.

1-bola:    Bizning   elda  bu   ayyom,

Sumalaksiz  o`tmaydi.

Yalpiz  somsa   yopmasdan.

Aziz  mehmon   kutmaydi.

Keling  Navro`z   sayliga,

Siz  ham   keeling  mayliga

1-boshlovchi:   Tabiatga   sochib  qo`yib  turfa   rang,

Chorlab  turar   bepoyon  urf  bir   qarang

Quchoq  ochib   yuguraman  bosh  yalang

Ey  bahor-ey,   bahorjon-ey,  bahorjon.

1-boshlovchi:   Har  tong  maysa   qulogida  dur  sirg`a

Marvaridlar  sochilibdi   adirga

Yur  ko`klamni   quchib  qaytarib  birga

Bu  bahordir,   bahorjon-ey,  bahorjon.

Raqs.”Binafsha”
 Navro`z   bayram  elimda
Zavqim  qaynar   dilimda,
Qalbim  bahor   jo`shaman
Shox  raqsga   tushaman.
 
1-boshlovchi:  Aziz   mehmonlar.  “Navro`z”  bayrami   barcha  sharq  mamlakatlarida  keng   nisholanadi.
 
2-boshlovchi:  Bizning   bayramga  bag`ishlangan  tarbiyaviy   soatimiz  yakunlanayotgan  bo`lsada,   Ona  yurtimizda  sayl   davom  etadi.  
 
Biz  sizlarga   yaxshi  kayfiyat,  ko`tarinki   ruh  tilab  qolamiz.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili