Xorazm viloyati Xonqa tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 5-son maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqiga sharhi bayon etilgan “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” nomli kitob mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida kitobda ilgari surilgan g‘oyalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar hamda yoshlarning Vatan ravnaqidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🇺🇿 Tadbir ishtirokchilarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, daxldorlik va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.