Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog


OECD rahbariyati bilan PISA 2022 tadqiqoti natijalari va PISA 2025 jarayonlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT - OECD) bosh kotibining maxsus maslahatchisi, Ta'lim direksiyasi rahbari Andreas Shlyaher o‘rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
➖ Unda vazirlik mas'ullari, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ta’lim masalalari bo‘yicha bosh tahlilchisi Tyu Xalgrin va maslahatchi Katerina Obvinseva ishtirok etishdi. 
Mazkur uchrashuvda tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qilishdi:
➖ PISA 2022 tadqiqotida yuqori natijalarga erishgan  davlatlar tajribasini o‘rganish hamda  ular bilan ta’lim sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
➖IHTT bilan hamkorlikda maktab direktorlari va o‘qituvchilarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, o‘qitish metodikalarini yaxshilash;
➖PISA 2025 tadqiqotiga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko‘rish hamda tadqiqot natijalari asosida tendensiyalarni tahlil qilish.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili