Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 4-09-2024, 11:03

BIRINCHI QOʻNGʻIROQ

 BIRINCHI QOʻNGʻIROQ
                
Maktab - bilim oʻchogʻim, 
Qalbimda nur charogʻim, 
Jaranglaydi ovozing, 
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Bizlar ilmga chanqoq, 
Hammamiz doʻstmiz,oʻtroq, 
Yangrashing kutdik mushtoq, 
Birinchi  qoʻngʻirogʻim.

Bilimlar kuni bu kun,
Koʻzlarda sevinch - uchqun,
Hamma shod,hamma maʼmnun,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Boshimdagi oftobim,
Yoʻl koʻrsatgan har bobim,
Hazinamsan kitobim,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Onamdayin mehribon,
Otamdek ulugʻ inson,
Salom sizga ustozjon,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Biz yoshlarmiz bilimdon,
Orzuyi osmon,osmon,
Chorlaysan ilm tomon,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Maktab qadrdon maskan,
Yurt uchun fido jon,tan,
Kutmoqda bizni Vatan,
Birinchi qoʻngʻirogʻim.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262728 

Yil dasturi

Maktab manzili