Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog
  • Maktab tarixi
  • 22-12-2023, 11:50

Maktab tarixi

   Said  Niyozboy qishlogida Avazboy qozi Madyorning uyida 1930 yilda Sarapayon qishlogining o'zida birinchi direktor Yusuf Saidov 5-maktab (Yavqach Abdullayev ma'lumoti) Novxos qishlog'idagi ilk ziyo maskani  Qozi Bobojon bobo uyida (Yoldoshboy ,Tojiboy otalar  ma'lumoti)1929-1930 o'quv yilida tashkil etilgan .Maktabning birinchi direktori Raximboy Murodov  bo'lgan.U 1930 yildan-1944 yilgacha bu lavozimda ishlab ,yangi maktab loyihasi,qurlishida faol qatnashgan. Ikkinchi direktor Qo'shnazarov bo'lib (1944-1945) tuman xalq ta'limi mudiri lavozimiga  hamda 1943 yildan maktab ilmiy bo'lim mudiri vazifasida ishlayotgan Nuriddin Qalandarov 1945-1946 yillar davomida direktor lavozimida faoliyat ko'rsatgan.Bu maktabda yondosh hududlar -Xonqa Bog'ot,Yangariq,Urganch tumanlaridan,Qaramozi qishlogidan o'quvchilar kelib ,maktabning yotoqxonasida  yotib o'qiganlar .Novxos qishlogidagi 10 yillik o'rta maktabning loyixasi,moliyaviy,qurilish hujjatlari 1936 yil fevralda tasdiqlanib ,1937 yilning sentabriga qurlish tashkiliy-metodik ishlari,intellektual,moddiy-texnika jihozlanishi to'la bitkazilib, o'quvchilarni o'z bag`riga oldi.Maktabning ilk ziyokor,marifatchilari R.Murodov,Nunyoz Quryozov ,Qoshnazarov,N.Qalandarov,R.Jumaboyev,Abdurahim Gapurov ,Eshchon Quryazov (1946-1947 yillarda direktor),Saida Yusupjonova ,Qalandar Abdullayev,Abdulla Qodirov,Matchon Madrimov (1947-1949 yillarda direktor),Karim Bobojonov (1947-1948) Shokir Nazarov (1950 yilda direktor),Saodat Panoyeva, Ro'zmat Abdullayev,Bobojon Hayitov,Otajon Nurmatov,Yo'ldosh Jumaniyazov,Bekchan Yo'ldashev,G Mingaliyev,Kargin Kachetkova,Otajon Po'latov,Masharif Quljonov,Beymamat Mavlonov kabilar o'z  kasbining fidoyilari edilar.Matematika-fizika bilimlari va o'qitish metodikasi ustasi, ma'rifat kuychisi Y.Jumaniyozov Xonqa tuman 2-o'rta maktab (sobiq A.C Pushkin nomli 1-maktab) o'qituvchisi viloyatning peshqadam o'qituvchilari safida bo'lgan. Yo'ldoshboy akaning matematik iqtidori, boshqa fanlarga qiziqishi maktab(1937-1947) da o'qib yurgan chog'laridayoq kurtak ochgan.1975 yilda Sarapayon qishlog'ida 5-makab tashkil qilindi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili